Меню сайта
Sardor Rahimxon va Shohzamon - Narxi qancha mehrni ayting (Qo'shiq matni)

Narxi qancha mehrni, ayting?
Hammasini sotib olaman.
Oqibati bor ostonaga
Kerak bo`lsa yotib olaman.
[Shohzamon]
Ey, narxi qancha mehrni, ayting, ayting?
Hammasini sotib olaman.
Oqibati bor ostonaga
Kerak bo`lsa yotib olaman.
[Sardor Rahimxon]
Qayda mehr bozori, ayting?
Olib beray mehrsizlarga.
Kerak bo`lsa, yurib uyma-uy,
Ulashaman bag`ri muzlarga.
[Shohzamon]
Narhi qancha mehrni, ayting?
O`zim olay yetsa imkonim.
Yetsa molim, yetmasa jonim,
Narhi qancha mehrni, ayting?
[Shohzamon]
Ey, mehringizdan, mayli, bir hovuch
Bering yetim go`daklar uchun.
Ko`zlarida o`kinch va ilinj,
Mehrga zor yuraklar uchun.
[Sardor Rahimxon]
Mehr izlab dunyoni kezdim,
Olishimga bormi qarshilar?
O`zimga ham kerakdir, biroq
Ilinaman sizga, yaxshilar.
[Shohzamon]
Mehr bormi eski bo`lsa ham?
Yo`q, degan so`z yomon nechog`liq.
Bu o`tkinchi dunyoda mehr
Nahot bo`lsa cho`ntakka bog`liq?
[Sardor Rahimxon]
Bilolmadim mehrning narhin,
Mehr sotilmas ekan pulga.
Go`yoki biz savdogarlardek,
Mehr izlab chiqqanmiz yo`lga.
[Sardor Rahimxon]
Narhi qancha mehrni ayting (ayting)
O`zim olay bo`lsa imkonim.
Yetsa molim, yetmasa jonim,
Narhi qancha mehrni ayting?
[Shohzamon]
Narhi qancha mehrni ayting (ayting)
O`zim olay yetsa imkonim.
Yetsa molim, yetmasa jonim,
Narhi qancha mehrni ayting?
Загрузка...
Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь. Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо зайти на сайт под своим именем.